O‘zbekistonda gibrid avtomobillarga ham elektromobillarniki kabi raqam beriladi

Saqlash
14:56 / 28.03.2023 1092 0

 

O‘zbekistonda gibrid avtomobillarga (elektr va benzin) ham elektromobillarga beriladigan alohida farqlovchi davlat raqami belgilari beriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 25-martdagi qarorida nazarda tutilgan, deya xabar beradi Adliya vazirligi.

 

Mamlakatda elektromobillar uchun davlat raqamlari 2021-yilning noyabr oyidan berila boshlangan. Ushbu raqamlar uchun hudud kodi ko‘rsatilgan qism yashil rangga bo‘yaladi.

 

O‘sha yilning mart oyida Ichki ishlar vazirligi qaror loyihasini e’lon qilar ekan, kelajakda elektr transport vositalari shaharlarning markaziy qismlariga kirishda ularning «to‘liq ekologik xavfsizligi»ni hisobga olgan holda afzalliklarga ega bo‘lishi mumkinligini tushuntirgan edi.

 

Bundan tashqari, elektromobillarni davlat ro‘yxatidan va texnik ko‘rikdan o‘tkazishda imtiyoz hamda qulayliklar joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

 

Boshqa o‘zgarishlar

 

Qarorga ko‘ra, yuridik shaxslarning avtomobillarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi va STIR bo‘yicha amalga oshiriladi.

 

Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarni saqlash muddati 5 yildan 3 yilgacha qisqartiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//