Jamiyat
27-mart kuni Telegram-kanallarda Chorvoq suv omborida suv sathining pasayishi oqibatida yuzaga chiqib qolgan odam suyaklari aks etgan video tarqaldi. Video mualliflari ushbu suyaklar bu yerga choʻmilgani kelib choʻkib ketgan odamlarga tegishli ekanini taxmin qilishgan.
Boʻstonliq tuman prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida suv omborining ushbu qirgʻogʻida bundan bir necha yillar avval Boʻstonliq tumanidagi “Bolodala” mahallasi aholisining “Bezgati bogʻ” qabristoni boʻlgani, Chorvoqda suv sathining koʻtarilishi natijasida qabriston suv ostida qolib ketgani aniqlangan.
Ayni paytda suv omborida suv sathi pasaygani sababli qabristondan odam suyaklari yuzaga chiqib qolgan.
Tuman prokuraturasiga koʻra, Chorvoq suv omborida har yilning boshida suv sathi pasayishi natijasida bunday holatlar kuzatilib turadi. Qayd etilishicha, hozir mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q