Jamiyat
17−24-mart kunlari AQShning Missisipi shtati, Camp Shelby harbiy o‘quv bazasida o‘tkazilgan «Eng ilg‘or jangchi-2023» musobaqasida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari — kichik serjantlar Tursunov Anvar va Azamat Kenjayev ham ishtirok etdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va maxsus bo‘linmalarda xizmat qilish nufuzini oshirish kabi maqsadlarda tashkil etilgan musobaqada harbiy xizmatchilar AQSh Milliy gvardiyasining maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari bilan kuch sinashgan.
Musobaqa davomida o‘zbekistonlik harbiylar yakka tarkibda jismoniy tayyorgarlik sinovlari (6 ta mashqni o‘z ichiga olgan fitnes test), jismoniy va ruhiy zo‘riqish yo‘lagidan o‘tish, tunda 15 km masofaga oriyentirlash, 15 kg yuk bilan 20 km masofaga marsh yugurish, jangovar va umumiy tayyorgarlik bo‘yicha test sinovlari, insho yozish (harbiy hamkorlik mavzusida 500 tadan kam bo‘lmagan so‘z) kabi vazifalarni bajargan.
Shuningdek, artilleriya olovini boshqarish, AQSh namunasidagi o‘qotar qurollarni noto‘liq qismlarga yoyish, yig‘ish va jangovar holatga keltirish, shuningdek, ulardan turli usul va sharoitlarda o‘q otish, tibbiy tayyorgarlik, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, kutilmagan (syurpriz) mashqlar kabi shartlardan o‘tgan.
Xususan, ular 15 kg yuk bilan 20 km masofaga marsh yugurish shartini 1 soat 54 daqiqa ichida bajarib musobaqa rekordini yangilagan. Musobaqada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan holda g‘olib bo‘lgan.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Зулфия
12:01 / 01.01.1970
Узбек халки азалдан бутун дунёдаги халклар ичида энг жасур катъиятли ватанпарвар ва кучлидир.мана ёшларимиз кайтяпти.аждодларимиздан ген оркали утган бундай сифатлар барибир намоён булади.мана шуларга машина берса арзийди.узбек миллатини кандай иродали кучли эканини исботлашяпти