Jamiyat
“Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondining nomi Mirabror Usmanov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi deb oʻzgartirildi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Fond oʻz faoliyatini 2017-yil 14-iyuldagi Prezident qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib davom ettiradi. Yaʼni aholining ijtimoiy, moliyaviy koʻmakka muhtoj boʻlgan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Maʼlumot uchun, Mirabror Usmonov 2005–2010-yillarda Senat aʼzosi, 2006–2017-yillarda Oʻzbekiston futbol federatsiyasi prezidenti boʻlgan. 2013-yildan 2017-yilgacha boʻlgan davrda u Milliy olimpiya qoʻmitasini boshqargan. 2015-yildan 2018-yilga qadar Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Mirabror Usmonov 2019-yil mart oyida, 72 yoshida vafot etgan.
Vatan oldidagi xizmatlari uchun Mirabror Usmonov “Mehnat shuhrati” (1995), “Fidokorona xizmatlari uchun” (2007), “El-yurt hurmati” (2011) va “Doʻstlik” (2017) ordenlarining sohibi boʻlgan. Bundan tashqari, u Osiyo Olimpiya Kengashi tomonidan “Oltin orden” va FIFAning “Xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q