Jamiyat
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi davomida Metropoliten muzeyi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda u Telegram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, u AQSHdagi Metropoliten muzeyining islom san’ati kuratori Navina Haydar va ko‘rgazmalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Kuinsi Xouton bilan ko‘rishgan.
.png)
“Dunyodagi eng nufuzli muzeylardan biri O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda Metropoliten san’at muzeyi xodimlarining 2024-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan IV Butunjahon ijodiy iqtisodiyot konferensiyasida ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qildik. Men uchun institutlar o‘rtasidagi muloqot juda muhim. Bu mutaxassislarning ichki rivojlanishi va madaniy almashinuviga turtki beradi”, degan Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekistondagi muzeylar mutaxassislarining stipendiya dasturida ishtirok etishi va Metropoliten muzeyida malaka oshirish masalasi ham ko‘tarilgan.
.png)
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112429
Jamiyat
95089
Jamiyat
91308
Jamiyat
76007
Jamiyat
//
Izoh yo‘q