Jamiyat
Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxsni ekstraditsiya qilish Shvetsiyadan birinchi marta amalga oshirildi.
Byuro matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent va Stokgolm Interpol Milliy Markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari hamda Lion shahrida oʻtkazilgan Milliy markaziy byuro rahbarlarining yillik konferensiya davomidagi uchrashuvlari natijasida jinoyatchi birinchi marta Shvetsiyadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilingan.
Qidiruvdagi shaxs noqonuniy boyish maqsadida sheriklari bilan til biriktirib, puxta oʻylangan reja asosida, tegishli hujjatlarni qalbakilashtirish orqali koʻchmas mulkni sotish bilan shugʻullangan va oʻzining ushbu firibgarlik harakatlari orqali katta moddiy zarar yetkazgan.
Olingan maʼlumotlarga koʻra, jinoyatchi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hududida yashiringan, ammo tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qidiruvdagi shaxs Shvetsiya hududida aniqlangan va hibsga olingan.
“Oʻzbekiston Bosh prokuraturasining ekstraditsiya toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qanoatlantirilganidan soʻng jinoyatchi Interpol MMB xodimlari hamrohligida adolat qaror topishi uchun Oʻzbekistonga olib kelindi”, — deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q