Iqtisod
Joriy yil boshidan buyon Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining bugʻdoy va un bozorlari barqarorlikni namoyon etib kelmoqda, deb yozadi Tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati.
Yanvar-mart oylarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 295,5 ming tonna un va 321,4 ming tonna bugʻdoy mahsulotlari ochiq birja savdolari orqali barcha tadbirkorlik subyektlariga erkin sotildi.
Oʻtgan davrda birjada un mahsulotining oʻrtacha sotilish narxi bir tonnasi uchun 4 686,0 ming soʻmni hamda bugʻdoyning oʻrtacha sotilish narxi bir tonnasi uchun 3 523,0 ming soʻmni tashkil qildi.
Oʻtkazilgan birja savdolari davomida un va bugʻdoy uchun birja narxlari talab va taklif asosida shakllanib, tuzilgan bitimlar doirasidagi barcha toʻlovlarni amalga oshirilishi birjaning hisob-kitob kliring palatasi orqali kafolatlandi.
Shuningdek, joriy yil yanvar-mart oylarida birjaning xorijiy savdo maydonchalari orqali 68,8 ming tonna un hamda 303,8 ming tonna bugʻdoy import qilindi va bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan umumiy hisobda 80 ming tonnaga koʻpdir.
Birjaning un va bugʻdoy bozorlarida taklifining yetarli darajada boʻlganligi ularning narxlarini barqaror saqlanishiga oʻz ijobiy taʼsirini koʻrsatgan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q