Oʻzbekistonlik bokschi qizni yutgan raqib erkak boʻlib chiqdi

Saqlash
15:07 / 27.03.2023 3079 0

Hindistonda boks boʻyicha ayollar oʻrtasida jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Navbahor Hamidova bronza medali bilan taqdirlandi.

 

-66 kg vazn toifasida ishtirok etgan Hamidova chorak finalda jazoirlik Imane Helifga imkoniyatni boy bergan edi. Biroq keyinchalik jazoirlik bokschining genetik tekshiruv natijasida erkak ekanligi aniqlangan va diskvalifikatsiya qilingan. Shu tariqa uning oʻrniga Hamidova yarim finalchi sifatida qayd etildi.

 

Taʼkidlanishicha, Helif oʻtgan yilgi JCHda ham kumush medalini qoʻlga kiritgan. Hatto Olimpiya oʻyinlarida ham qatnashgan.

 

Qayd etish kerak, Oʻzbekistonlik bokschi qizlar ketma-ket ikkinchi bor dunyo birinchiligini medal bilan yakunlashmoqda. Bundan avval Turkiyada oʻtgan JChda ular 2 ta bronza medaliga sazovor boʻlishgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//