Madaniyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Surxondaryo viloyati boʻlimi tashabbusi bilan Shoʻrchi tumanidagi 44-sonli umumtaʼlim maktabida “Milliy qadriyatlar oyligi” doirasida “Milliy qadriyatlar – millat maʼnaviyatining koʻzgusi” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tumanning turli hududlaridan kelgan hunarmandlar tomonidan tashkil qilingan milliy hunarmandchilik koʻrgazmalari va milliy xalq oʻyinlari namoyishi bilan boshlandi.
Tadbir ishtirokchilariga milliy qadriyatlarimizning eng qadimiy turlaridan hisoblangan egarsozlik anjomlari, doʻmbira yasash sir-asrorlari, chanqovuz, ip yigirish, oʻzbek milliy kashtachiligi, oʻzbek ayollarining chevarliklari bilan tikilgan soʻzana, zardevor, doʻppi, oʻzbek kashtalarining noyobligi va goʻzalligi, uning bezak-naqshlari va texnik usullarining koʻpligi va qadimligi ushbu sanʼatning boy anʼanalari, hunarmandchilik mahsulotlarining tikish sir-asrorlari yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Oʻquvchi-yoshlar tomonidan kuylangan kuy-qoʻshiqlar barchaga manzur boʻldi. Bu kabi tadbirlar barcha hududlarda, olis mahallalarda muntazam ravishda oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Sarvinozxon
20:03 / 01.03.2024
Shu kabi milliy qadriyatlarni nishonlab yanada yangi konkurslar namoyish etilsa yaxshi. Lekin bu kabi tadbirlar ham yaxshi raxmat