Toshkentning ikki tumanida gaz oʻchdi

Saqlash
15:50 / 25.03.2023 1247 0

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek hamda Yunusobod tumanlarida 25-mart kuni gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

 

“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali axborot xizmatining yozishicha, Mirzo Ulugʻbek tumani Qorasuv-6 dahasi, Avayxon koʻchasidagi oʻrnatilgan STG rusumli 3 dona gaz hisoblagichlarini harakatdagi yuqori bosimli gaz quvuriga ulash ishlari hamda Yunusoboddagi “Hamkorobod” MFY Xolis va Hasanboy koʻchasi hududidagi yer usti oʻrta bosimli D-108 millimetrli gaz quvuriga gaz hisoblagich oʻrnatish ishlari rejalashtirilgan.

 

Shu sababli 25-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatildi.

 

Mirzo Ulugʻbek tumani aholi isteʼmolchilari:

 

Qorasuv-6 dahasida joylashgan 17 ta koʻp qavatli uylardagi 1 484 ta aholi xonadonlarda;

Ulgurji isteʼmolchilar — 16 ta.

 

Yunusobod tumani aholi isteʼmolchilari:

 

“Hamkarobod” MFY Xolis koʻchasi, Hamkarobod, Hamkarobod tor koʻchasi, Hamkarobod 1-7 tor koʻchalaridagi 400 ta yerli xonadonlar;

Ulgurji isteʼmolchilar — 12 ta.

 

“Taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi”, — deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//