Ilm-fan
Istanbulda “Akademik kitaplar” nashriyoti tomonidan “Germaniyada ta’lim olgan Turkiston yoshlari” kitobi chop etildi.
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Bahrom Irzoyev qalamiga mansub kitobning nashri Turkiy davlatlar tashkiloti koʻmagida amalga oshirilgan.
Kitobda sovet hokimiyati hukmronligi davrida oʻzbek taraqqiyparvar ziyolilarining xalqimizni taraqqiyotga boshlash yoʻlidagi qahramonona kurashi haqida hikoya qilinadi.
1922-yil, kuz. Turkistonning barcha mintaqalaridan 250 dan ortiq iqtidorli yoshlar zamonaviy ilmlarni oʻzlashtirish maqsadida Moskva, Sank-Peterburg, Boku shaharlariga, Turkiya va Germaniya davlatlariga yoʻl oladilar. Ular Vatanga Yevropa fan-texnikasi yutuqlarini olib kelib, Turkistonning qadimgi mavqeyini tiklash uchun qasamyod etgan edilar. Mazkur nashr ushbu sananing 100 yilligiga bagʻishlanadi.
Kitobda jadid taraqqiyparvarlarining “Koʻmak”, “Nashri maorif” tashkilotlari faoliyati, turkistonlik yoshlarning chet elda ta’lim olishi tarixidan so‘z yuritiladi. Ularning vatandoshlarga yozgan xatlari va ijod namunalari ham kiritilgan. Shuningdek, sho‘ro mamlakatiga qaytib kelishgach, mahv etilishi bilan bog‘liq achchiq qismatlari qalamga olingan.
Ta’kidlash joizki, kitobdagi ko‘pgina materiallar keyingi ikki yil mobaynida Oyina.uz portalida e’lon qilib borilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Baxtiyor
21:08 / 30.08.2023
Kitobni qanday qilib olsa bo'ladi. Topishni iloji bormi?