Jamiyat
Ulug‘bek Ubaydullayevich Rozuqulov «O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Ulug‘bek Rozuqulov (1969 yilda tug‘ilgan) Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bitiruvchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti aspiranturasini tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi hisoblanadi.
U bu lavozimga tayinlangunga qadar 2018-yildan O‘zbekistonning Indoneziyadagi, 2019-yilning oktabr oyidan esa Vetnamdagi elchisi bo‘lib ishlagan.
2017−2018-yillarda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi (hozirgi Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports)da boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, unga qadar bosh vazir o‘rinbosari — «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori, Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111595
Jamiyat
94637
Jamiyat
90622
Jamiyat
75091
Jamiyat
//
Izoh yo‘q