Jamiyat
Jamiyat
Joriy yilning 24-mart kuni Toshkent meropoliteni Yerusti halqa yo‘lining II bosqichi Qo‘yliq – Sergeli yo‘nalishida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda sinov tariqasida poyezdlar texnik qatnovi boshlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Transport vazirligi, «Toshkent metropoliteni» rahbariyati, «Boshtransloyiha», «O‘zbekiston temiryo‘llari» mutasaddilari ishtirok etdi.

Hozirda Yerusti halqa metro yo‘lining II bosqichi – 8,5 km uzunlikdagi 5 ta bekatni o‘z ichiga olgan «Qo‘yliq – Quruvchilar» qismi qurib bitkazilgan bo‘lib, loyihaning 3,8 km uzunlikdagi 2 ta bekatni o‘z ichiga oluvchi «Quruvchilar – Qipchoq» qismida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Texnik sinovlardan so‘ng mazkur yo‘nalishda yo‘lovchi tashuvlarining boshlanishi natijasida bir kunda 40 mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111025
Jamiyat
94508
Jamiyat
90447
Jamiyat
74487
Jamiyat
//
Izoh yo‘q