Jamiyat
JSST va YUNISEF tomonidan eʼlon qilingan hisobotga koʻra, dunyo boʻyicha 2 milliard odamning toza ichimlik suvi, 3,6 milliard kishining sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyati cheklangan. Shu ikki omil yiliga 1,4 millionga yaqin insonning oʻlimiga sabab boʻlmoqda.
Hatto millionlab bolalar va kattalar sovun kabi oddiy gigiyena vositasidan foydalanish koʻnikmasiga ega emas. Qator sogʻliqni saqlash muassasalarida suv, dezinfeksiya vositalari va spirtli eritmalar yoʻq.
Qolaversa, mutaxassislar kanalizatsiya tarmoqlari yetishmasligi halokatli oqibatlarga sabab boʻlishidan ogohlantirmoqda.
Shu bois qoʻshma hisobotda hukumatlarga suv va kanalizatsiya uchun davlat xarajatlarini oshirish hamda bu sohada innovatsion yechimlarni joriy etish tavsiya etilgan.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112115
Jamiyat
94797
Jamiyat
90839
Jamiyat
75638
Jamiyat
//
Izoh yo‘q