Qashqadaryoda Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari soni yana bittaga koʻpaydi

Saqlash
20:11 / 24.03.2023 1227 0

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yangi Maʼnaviyat va maʼrifat maskani binosi foydalanishga topshirildi.

 

Maskanning tantanali ochilish marosimida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi rahbari Lola Saodatova, tuman hokimi Sherali Sanayev, keng jamoatchilik, nuroniylar, yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdi.

 

 

 

“Ayni vaqtga qadar viloyatimizda 7 ta Maʼnaviyat va maʼrifat maskani foydalanishga topshirildi. Joriy yilda yana 8 ta hududda shunday maskanlar barpo etilishi rejalashtirilgan”, — deydi Lola Saodatova.

 

Tuman markazida qad rostlagan ushbu maskanda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, turli tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlarini yuqori saviyada oʻtkazish imkoni mavjud. Shuningdek, jahon va oʻzbek adabiyotining sara namunalari jamlangan kutubxona ham foydalanishga topshirilgan. Xizmat xonalari zamonaviy jihozlar, kompyuterlar bilan taʼminlangan.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//