O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

Saqlash
16:44 / 24.03.2023 839 0

O‘zgidromet xizmati agentligi 24−26-mart kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

 

24-mart kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati +20+23 daraja bo‘ladi.

 

Shanba va yakshanba kunlari respublika hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati ko‘tariladi va +23+25 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +27+29 darajani tashkil etadi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida 24−26-mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

 

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kuchsiz shamol esadi. Harorat kechasi +8+10 daraja, kunduzi +22+25 daraja bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//