Jamiyat
Oʻzbekistonda oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabariga koʻra, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha eng zamonaviy xalqaro normalar va xorijiy tajribadan kelib chiqib, jismoniy zoʻravonlik bilan bir qatorda iqtisodiy va ruhiy zoʻravonlik uchun ham maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, shaʼni, nomusini kamsituvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik, shahvoniy shilqimlik qilish, voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik kabi harakatlar uchun javobgarlik kiritilmoqda.
Aliment majburiyatlari bajarilishini taʼminlovchi chora sifatida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb qilish kabi yangi maʼmuriy jazo chorasi kiritilmoqda. Shu bilan birga, ilgari voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning bolalarga taʼlim, tarbiya berish, ularni sogʻlomlashtirish, bolalar sport, ijodiy tashkilotlarda ishlashini taqiqlovchi norma kiritilmoqda.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112441
Jamiyat
95105
Jamiyat
91333
Jamiyat
76023
Jamiyat
//
Izoh yo‘q