Oʻzbekistonga olib kirishda bojxona bojidan ozod etiladigan tovarlar roʻyxati tasdiqlandi

Saqlash
16:13 / 24.03.2023 902 0

“Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga koʻra, 2024-yil 1-yanvargacha Oʻzbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxati tasdiqlandi. Bular:

 

yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq;

 

pishloq va tvoroglar;

 

yangi yoki quritilgan xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;

 

yangi olma, nok va behi;

 

bugʻdoy yoki javdardan tashqari gʻalla donidan un;

 

kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari.

 

Maʼlumot uchun, avval prezident farmoniga asosan mazkur import bojiga qoʻllanilgan nol stavka 2023-yil 1-iyulga qadar edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//