Jamiyat
Toshkentda yangi qurilgan ko‘p qavatli uy devori zilziladan so‘ng darz ketgani aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hodisaga izoh berib, uning zilzilaga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, videoda aks etgan uy Yashnobod tumanida qad rostlagan. Obyektga g‘isht ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan sifatsiz g‘isht mahsulotlari yetkazib berilishi natijasida mazkur holat yuzaga kelgan.
Ayni kunda buyurtmachi tomonidan sud organlariga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida da’vo arizasi kiritilgan. Binoning fasad qismini taʼmirlash ishlari aprel oyida to‘liq yakunlanishi belgilab olingan.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, 1298 ishonch raqamiga ayni kunlarda zilzila oqibatida vayron bo‘lgan yoki zarar yetkazilgan binolar haqida murojaat kelib tushmagan.
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q