Qarshi shahrining sobiq hokimi Jamshid Fozilov 4 yilga qamaldi

Saqlash
22:05 / 23.03.2023 1052 0

Qarshi shahrining sobiq hokimi Jamshid Fozilov 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov xabar berdi.

 

Ta’kidlanishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2023 yil 10 martdagi hukmi bilan Jamshid Fozilov Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi «a» bandi, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi «a» bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi «a» bandi va 229−4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

 

«Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) ga asosan 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan», — deyiladi Oliy sud axborotida.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, ayni paytda sudlanuvchi Jamshid Fozilov tomonidan ushbu hukm ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//