Jamiyat
O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila sodir bo‘lishi haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati mazkur xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi.
Xabarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoning hech bir davlatida zilzila sodir bo‘ladigan sana va hatto taxminiy vaqtni bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emas. O‘zbekiston seysmik faol zonada joylashgani sababli baʼzida yer silkinishlari sodir bo‘ladi. Vazirlik bunday holatlar har doim bo‘lganini taʼkidlagan.
“Hurmatli yurtdoshlar, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yaqin kunlarda zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi haqida soxta xabarlar tarqalmoqda. Shu munosabat bilan, sizlarni bunday yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka chaqiramiz. Yana bir bor taʼkidlaymizki, bugungi kunda dunyoning hech bir davlatida zilzila sodir bo‘ladigan sana va hatto taxminiy vaqtni bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emas. O‘zbekiston seysmik faol zonada joylashgani sababli baʼzida yer silkinishlari sodir bo‘ladi. Har doim shunday bo‘lgan”, deyiladi vazirlik xabarida.
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q