Madaniyat
30–31-mart kunlari “Ochiq eshiklar kuni-2” nomli ijodiy-tajriba koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Unda tasviriy sanʼat vakillarining ijod namunalari bilan tanishish mumkin boʻladi.
Unda Hikmat Jalilov, Rahimjon Rizamuhammedov, Lyubov Tiora, Baxtiyor Oʻroqov, Ulugʻbek Nigʻmatov, Anvar Boboqulov, Erkin Bozorov kabi rassomlar oʻz kartinalari bilan ishtirok etadi. Koʻrgazma rassomlarning ustaxonasida boʻlib oʻtadi.
Loyiha kuratori Samandar Egamberdiyevning taʼkidlashicha, tashrif buyuruvchilar ikki kun davomida rassom ustaxonasidagi ijodiy muhit, rassomning hayot tarzi, kartinalarning yaratilish tarixi, uning oʻy-xayollari, kechinmalari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.
“Shu bilan birga rassomlar bilan suhbatlar, intervyular va master-klass tashkil etiladi. Tashrif buyuruvchilar uchun rasm chizish imkoniyati ham yaratiladi. Sizga maʼqul kelgan kartinani sotib olishingiz ham mumkin. 31-mart sanasida esa har bir rassom ustaxonasida master-klass oʻtkazadi, yaʼni siz kartina yaratilishining jonli guvohiga aylanasiz”, – deydi Samandar Egamberdiyev.
Koʻrgazma boʻlib oʻtadigan manzil: Mirzo Ulugʻbek tumani Musavvirlar koʻchasi 4-uy.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q