Toshkentning ikki tumanida gaz oʻchdi

Saqlash
16:44 / 23.03.2023 1141 0

Taʼmirlash ishlari sababli Toshkent shahrining Yunusobod va Olmazor tumanlarining baʼzi hududlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

 

Energetika vazirligining maʼlum qilishicha, Yunusobod tumani, Hamkarobod koʻchasi hududidagi yer usti oʻrta bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich oʻrnatish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli 23-mart kuni soat 11:00 dan 17:30 ga qadar Tiklanish MFY, Hamkarobod koʻchasidagi 400 ta yerli xonadon va 34 ta ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

 

Shuningdek, Olmazor tumani, Qizgʻaldoq va Bunyodkor MFY hududidagi gaz quvuriga hisoblagich oʻrnatilishi sababli soat 11:00 dan 17:30 ga qadar quyidagi isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

 

Taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanishi qoʻshimcha qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//