Ertaga qanday ob-havo boʻladi?

Saqlash
16:35 / 23.03.2023 966 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 24-mart, juma kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+10 daraja, kunduzi +22...+24 daraja boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi ayrim hududlarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +22...+27 daraja boʻladi.

 

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi ayrim hududlarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi ayrim hududlarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +23...+28 daraja boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +5...+10 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻ hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//