Polshadan Oʻzbekistonga muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

Saqlash
14:41 / 23.03.2023 880 0

LOT Polish Airlines aviakompaniyasi Polshadan Oʻzbekistonga uchishni boshladi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.

 

Xabarga koʻra, 21-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:03 da Polshaning LOT Polish Airlines aviakompaniyasining samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi va yangi Varshava—Toshkent—Varshava yoʻlovchi yoʻnalishini ochdi.

 

Boeing 787 Dreamliner anʼanaga koʻra suv arkasi bilan tantanali ravishda qarshi olindi. Ekipaj va yoʻlovchilarni karnay va surnay sadolari ostida Uzbekistan Airports kompaniyasi rahbariyati, Polshaning Oʻzbekistondagi elchisi, Turizm va Transport vazirliklari vakillari, shuningdek, Flyinʼup kompaniyasi rahbariyati gullar bilan kutib oldi.

 

Qayd etilishicha, iyun oyining oʻrtalariga qadar har 10 kunda bir marta charter asosida parvozlar amalga oshiriladi. Qishki jadvalga oʻtish munosabati bilan aviakompaniya Varshava—Toshkent—Varshava yoʻnalishi boʻyicha muntazam qatnovlarga oʻtishga umid qilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//