Jamiyat
Oʻzbekistonda tez yordam mashinalari uchun GPS yordamida sunʼiy yoʻldosh monitoringi tizimi yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga koʻra, bugungi kunda tez yordamda bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablagʻ 8000 soʻmni tashkil qilmoqda. Shuningdek, maxsus avtomashinalar parki 60-70 foizga yangilandi. Foydalanilayotganiga 8 yildan oshgan avtotransport vositalarini zamonaviylariga almashtirish ishlari esa bosqichma-bosqich davom ettirilyapti. 7 yilda tez yordamda reanimobillar soni 24 tadan 500 taga koʻpaydi. Jumladan, 2023-yil Respublika tez tibbiy yordam markaziga Jizzakh Auto tomonidan ishlab chiqarilgan 337 ta Volkswagen Caddy mashinalari topshirildi.
Qayd etilishicha, aholiga yanada sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida tez yordam uchun yana 1000 dona A toifali zamonaviy avtomashina xarid qilinishi koʻzda tutilgan. Ushbu maqsadda Osiyo taraqqiyot banki loyihasi asosida kredit mablagʻlari ajratilgan. Bu orqali tizimdagi Damas avtomobillari toʻliq yangilanadi.
Shuningdek, olis va chekka hududlar, togʻli va choʻl mintaqalarida ushbu sohani rivojlantirish, tizim xodimlarining xizmat koʻrsatish imkoniyatini oshirish maqsadida maxsus yoʻltanlamas avtomobillar olib kelinadi. 2023-yil 103 xizmatida yagona Call-markaz tashkil qilinadi. Sohada kompleks axborot tizimlarini joriy etish maqsadida ularda yagona intellektual chaqiruv platformasi yaratiladi. Shu bilan birga, xizmat avtotransportlari uchun GPS yordamida sunʼiy yoʻldosh monitoringi tizimi yoʻlga qoʻyilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q