 
                   
                    Siyosat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Zarafshonda tilla qumini kavlash vaqtida 40-50 kishini qum bosib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroz o‘tib FVV axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirar ekan, Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ushbu hodisa yuzasidan xabar kelib tushmagani, vakolatli organlar tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini ma'lum qilgandi.
.jpg)
Vazirlikning yangi axborotida qayd e'tilishicha, voqea Zarafshonda sodir bo‘lmagan. 2021 yil 13 noyabr kuni soat taxminan 22:00 larda Konimex tumani "Karakata" OFY hududida joylashgan Lolazor nomli cho‘l hududida bir guruh fuqarolar tuproq tarkibidan tilla qumlarini kavlab olish bilan shug‘ullangan va kutilmaganda qum ostida qolgan. Oqibatda 4 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.
Bosh prokuratura axborot xizmatiga ko'ra, hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kogonda tuproq o‘pirilishi natijasida ikki kishi halok bo‘lgani haqida хабар berilgandi.
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109657
             109657
          Jamiyat
 94041
             94041
          Jamiyat
 89817
             89817
          Jamiyat
 72973
             72973
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q