Andijonda 1 mlrd soʻm qiymatdagi “svet”dan noqonuniy foydalanganlarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Saqlash
20:24 / 17.03.2023 2766 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda.

 

Jumladan, Andijon shahrida “H.b.” oilaviy korxonasi masʼul shaxslari qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish sexini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 981,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

 

Shuningdek, boshqa holatda fuqarolar I.K., B.G. va boshqalar tikuvchilik va qandolatchilik sexlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab, 681,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

 

Shahrixonda “A.E.” MChJ rahbari L.A. “Qoʻrgʻoncha” MFYdagi rezina buyumlar ishlab chiqarish sexini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 825,2 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

 

Xoʻjaobod tumanida esa fuqaro Sh.A. “Beshqovoq” MFYdagi bilyard oʻyingohini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 164,8 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

 

Qayd etilishicha, ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga qariyb 1 mlrd soʻm zarar yetkazilgan.

 

Maʼlum qilinishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//