Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yigit keksa yoshdagi insonni masxara qilib, uning ustidan kulgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat Samarqandda sodir boʻlgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea joriy yilning 11-mart kuni sodir boʻlgan. Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan soʻng yigit ushlanib, unga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
“11-mart kuni ishxonamizga har kun keladigan amaki bilan hazillashdim va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatdim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqa qaytarilmaydi. Amakidan va butun xalqdan kechirim soʻrayman”, — deydi aybiga iqror boʻlgan yigit.
Shuningdek, holat ota-onalar ishtirokida muhokama qilingani qoʻshimcha qilingan.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111023
Jamiyat
94507
Jamiyat
90444
Jamiyat
74485
Jamiyat
//
Izoh yo‘q