Jamiyat
O‘zbekistonga 13−15-mart kunlari COVAX dasturi doirasida COVID-19`ga qarshi jami 875 520 doza Pfizer vaksinasi olib kelindi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatga ilk marotaba olib kelingan vaksina COVID-19 infeksiyasining omikron B.A.4 va B.A.5 shtammlariga qarshi tayyor eritilgan vaksina hisoblanadi.
Ayni kungacha mamlakatda jami 75 670 234 doza vaksinadan foydalanilgan.

Qo‘mita COVID-19 infeksiyasiga qarshi kurashish va uni tarqalishining oldini olishning eng samarali yo‘li immunizatsiya, ya’ni aholini infeksiyaga qarshi vaksina bilan emlash ekanini eslatib o‘tdi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112441
Jamiyat
95105
Jamiyat
91333
Jamiyat
76023
Jamiyat
//
Izoh yo‘q