Jamiyat
“Oʻzgidromet” direktori toʻqqizta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Maʼlum qilinishicha, 18—21-mart kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli respublikaning quyidagi togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot tumanlarida;
Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
Fargʻona viloyati Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.
“Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111023
Jamiyat
94507
Jamiyat
90444
Jamiyat
74485
Jamiyat
//
Izoh yo‘q