Jamiyat
“Toshkent” avtovokzalidan kunlik tasdiqlangan grafik asosida qatnovchi reyslaridan tashqari qoʻshimcha qatnovlar tashkil etilmoqda, deb xabar beradi Transport vazirligi.
Qayd etilishicha, bu Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, yoʻlovchilarni oʻz vaqtida manzillariga xavfsiz yetkazib qoʻyishni tashkil etish, dam olish kunlarida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Xususan, 14–19-mart kunlari jami 34 ta qoʻshimcha reyslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
16-mart kuni Qorakoʻl (1 ta), Uzun (2 ta), Xiva (4 ta), Termiz (3 ta) shaharlariga qoʻshimcha 10 ta reys tashkil etilgan.
Talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda yoʻlovchilar oqimidan kelib chiqib, yana qoʻshimcha reyslar tashkil etilishi qoʻshimcha qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112147
Jamiyat
94833
Jamiyat
90887
Jamiyat
75677
Jamiyat
//
Izoh yo‘q