Navro‘z bayrami kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

Saqlash
14:57 / 17.03.2023 2990 0

21-mart Navro‘z umumxalq bayrami arafasida O‘zbekistonning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda.

 

Qoraqolpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-19-martda 15-20° iliq, 20-martda 17-22°iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18-martda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-martda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.

 

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18-19-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘abdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-19-martda 20-25° iliq, 20-martda 18-23° iliq bo‘ladi.

 

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, 18-martda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19-martda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-19-martda 20-25° iliq, 20-martda 18-23° iliq bo‘ladi.

 

Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19-martda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20-martda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-19-martda 20-25° iliq, 20-martda 18-23° iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18-19-martda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 21-26° iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-19-martda 17-22° iliq, 20-martda 15-20° iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//