2023-yilda “Tashabbusli budjet” uchun qancha mablagʻ ajratilishi maʼlum qilindi

Saqlash
09:03 / 17.03.2023 2726 0

Joriy yilda “Tashabbusli budjet” uchun jami 2,0 trln soʻm mablagʻ koʻzda tutilgan boʻlib, shundan 1 trln soʻmi 1-mavsumda ajratiladi. Bu haqda AOKAda Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

 

Qayd etilishicha, 2023-yil boshiga mahalliy byudjetlarda shakllangan erkin qoldiq mablagʻlarining 30 foizi mahalliy hokimliklar tomonidan Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

 

“Tashabbusli byudjet” loyihasi boʻyicha joriy yil birinchi mavsumi doirasida taklif kiritish jarayonlari yakunlanib, hozirda tuman/shahar ishchi komissiyalari tomonidan moderatsiya jarayonlari amalga oshirilmoqda.

 

Dastlabki hisob kitoblarga koʻra, shunda 1-mavsum uchun Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalarida jami 1,7 trln soʻm mablagʻ shakllanishi koʻzda tutilmoqda.

 

Umuman olganda, jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarni moliyalashtirish uchun 2023-yilda byudjetdan jami 8 trln soʻm mablagʻlar yoʻnaltirilishi moʻljallangan.

 

Sohalar kesimida eng koʻp hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlash yoʻnalishi boʻyicha14,7 mingta loyiha ilgari surilgan, bu jami loyihalar soniga nisbatan 26 foizni tashkil etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish