Adliya vazirligi hashar faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etilishini eslatdi

Saqlash
18:03 / 16.03.2023 2928 0

Adliya vazirligi qonunchilikka koʻra hasharlar qanday shartlarga rioya etgan holda tashkil etilishi kerakligi haqida maʼlumot berdi.

 

Qonunchilikka koʻra, hasharlar quyidagi shartlarga rioya etilgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

 

umumxalq hasharini oʻtkazish toʻgʻrisida faqat Prezidentning tegishli hujjati yoki Hukumat qarori boʻlganda;

mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qatʼiy rioya etilgan holda;

jamoat ishlari, shu jumladan qurilish-taʼmirlash va qishloq xoʻjaligi ishlariga majburiy jalb etishga qatʼiy yoʻl qoʻyilmagan holda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, ish oʻrinlarini tartibga keltirish.

 

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faqat tegishli mahalla hududida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonlarini jihozlash, moddiy-madaniy meros obyektlarini zarur holatda saqlash, qabristonlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash hamda zarur holatda saqlash ishlarida aholining ixtiyoriy ishtirok etishini tashkil etadi.

 

Shuningdek, quyidagi joylarda hasharlar va boshqa ishlarni oʻtkazish taqiqlanadi:

 

avtomobil yoʻllarida;

harakatlanish tigʻiz boʻlgan koʻchalarda;

suv obyektlari, qirgʻoqboʻyi hududlar va zonalarda;

qurilish maydonlarida;

bino va inshootlar tomlarida;

xavfli ishlab chiqarish obyektlarida;

insonlarning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf tugʻilishi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish