Jamiyat
23-yanvar kuni Dili.me nomi bilan tanilgan vayner Oʻ.D. sheriklari bilan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan fuqaro P.A.ni urib tan jarohati yetkazishgan.
Bosh prokuraturaga koʻra, mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan tergovga kelishdan boʻyin tovlab kelgan. Shu sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida Oʻ.D. 10-mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan.
Hozirda Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani qoʻshimcha qilingan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112441
Jamiyat
95105
Jamiyat
91333
Jamiyat
76023
Jamiyat
//
Izoh yo‘q