Oʻzbekiston Prezidenti va Vengriya Bosh vaziri keng koʻlamli sheriklikni rivojlantirish muhimligini qayd etdi

Saqlash
19:26 / 16.03.2023 1019 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdan tashqari sammitining asosiy tadbirlari doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi.

 

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Bosh vazir va doʻst venger xalqini milliy bayram – Vengriya inqilobi kuni bilan samimiy qutladi.

 

Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Mamlakatlarimizning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qoʻshma investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va tezlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

 

Toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish hamda Oʻzbekiston va Vengriya korxonalarining samarali kooperatsiyasi uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidani ham fikr almashildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//