Iqtisod
Markaziy bank Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 14 foiz darajada belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ta’kidlanishicha, iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi o‘zining yuqori nuqtasiga chiqib, pasayish tendensiyasiga o‘tganligi kuzatila boshlagan. «Ayni paytda, qat’iy tashqi moliyaviy sharoitlarning ichki iqtisodiy faollikka salbiy ta’siri bo‘yicha signallar paydo bo‘lmoqda», — deyiladi Markaziy bank xabarida.
Qayd etilishicha, asosiy stavkaning 1 foiz bandga pasaytirilishi o‘tgan yil mart oyida xatarlar uchun foiz stavkaning oshirish orqali qo‘yilgan qo‘shimcha yuklamani to‘liq olib tashlash imkonini beradi.
«Bunda, yillik 14 foiz darajasidagi asosiy stavka inflyatsiya prognozining pasayuvchi dinamikasida (8,5−9,5 foiz) nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlar saqlanib qolinishini ta’minlaydi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi 15 foizlik stavka 2022-yil iyul oyida belgilangan edi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112041
Jamiyat
94729
Jamiyat
90741
Jamiyat
75550
Jamiyat
//
Izoh yo‘q