Eski “prava”ni bayram kunlarida ham yangisiga almashtirish mumkinligi aytildi

Saqlash
15:26 / 16.03.2023 989 0

O‘zbekistonda 18—19—20 hamda 22-mart kunlari DXM hamda YHXB bo‘limlarida  haydovchilik guvohnomasini almashtirish imkoni yaratildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

2023-yil 31-mart kuni eski guvohnomalarni almashtirishning birinchi bosqichi yakunlanishi, 2010-yilgacha berilgan eski “prava”lar haqiqiy emas deb hisoblanishi va belgilangan muddatda hujjatini almashtirmaganlar sonining ko‘pligini hisobga olib, shu qarorga kelingan.

 

Buning uchun ish grafigi mehnat qonunchiligi doirasida qayta ko‘rib chiqilgan. Bunda, yuqorida qayd etilgan kunlarda davlat xizmatlari markazlari hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘limlari orqali haydovchilar ertalab soat 9:00 dan kechgi soat 18:00 gacha xizmatdan foydalanishi mumkin.

 

2023-yil fevraldan boshlab hozirgi kunga qadar 5 500 dan ortiq fuqaro ushbu taklif etilayotgan tartibdan foydalangan holda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirgan (pochta orqali uylariga yetkazib berilgan).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//