Siyosat
Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaga borgan Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni mamlakat prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiya yetakchisiga mamlakatning janubi-sharqiy muzofotlarida o‘tgan oyda ro‘y bergan zilzilalar munosabati bilan shaxsan hamdardlik bildirdi. Jabr ko‘rgan muzofotlarni qayta tiklash va yangi infratuzilmani barpo etish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Turkiya prezidenti, o‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ko‘rsatgan birodarlik yordami, qutqaruv ishlaridagi faol ishtiroki va jabrlanganlarga insonparvarlik ko‘magi uchun minnatdorlik bildirdi.
Turkiy davlatlar tashkilotining 16-mart kuni o‘tadigan favqulodda sammiti tashkilotdagi mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlik va birodarlik rishtalarining yorqin ifodasi bo‘lishiga ishonch bildirildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining rivojlanish sur’ati qayd etildi.
O‘zaro savdo hajmi ortmoqda, 2022-yili 370 ta yangi korxona tashkil etildi. Keyingi olti yilda Turkiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalari hajmi 3,5 milliard dollarni tashkil etdi.
Energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, yengil sanoat va boshqa sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi, shu jumladan, Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Yakunda Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q