
Jamiyat
Aksil korrupsiya agentligi davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy hokimiyatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingini eʼlon qildi.
Reytingga koʻra, 62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha baholanib, 12 ta tashkilot faoliyati “yaxshi” (81–100 ball), 30 ta tashkilot “qoniqarli” (55–80 ball) va 20 ta tashkilot “qoniqarsiz” (55 balldan past) toifalarga ajratilgan.
Rahbarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha shaxsiy tashabbusi yetarli emasligi, javobgarlik mexanizmining belgilanmaganligi hamda samarali korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish bo‘yicha e’tibor qaratilmaganligi tashkilotlar faoliyati qoniqarsiz baholanishiga sabab bo‘lgan.
Jumladan, Surxondaryo viloyati hokimligi (11 ball), Suv xoʻjaligi vazirligi (13 ball), Andijon viloyati hokimligi (18 ball) hamda Energetika vazirligida (21 ball) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samarasiz tashkil etilgan.
12 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati samaradorligi “yaxshi” deb baholandi. Mazkur tashkilotlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan choralar tizimli ravishda amalga oshirilgan.
Bojxona qoʻmitasida (87 ball) sunʼiy intellekt yordamida xodimlarning faoliyatini baholash hamda korrupsiya xavfi yuqori boʻlganlar shaxsi haqida “axborot portreti”ni onlayn shakllantirish tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Soliq qoʻmitasining (93 ball) barcha tarkibiy hududlarida ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Yaxshi natija qayd etgan tijorat banklarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash hamda kamaytirishning samarali mexanizmi tashkil etilgan.
“Reyting baholash tizimi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan vazifalarni samarali monitoring qilish bilan birga, sohada sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish hamda tashkilot rahbarlarining mas’uliyatini yanada oshirish imkonini berdi”, – deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q