“Oʻzbekiston Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi matni eʼlon qilindi

Saqlash
14:13 / 15.03.2023 1843 0

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni eʼlon qilindi.

 

Qonun loyihasi 6 boʻlim, 155 moddadan iborat. Konstitutsiyaviy Qonun referendum yakunlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid boʻlmagan qismida qoʻllaniladi.

 

Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qatʼi nazar, Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytdan eʼtiboran toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladi.

 

Avvalroq Oliy Majlis Senati 14-mart kuni boʻlib oʻtgan majlisda yangi tahrirdagi Konstitutsiya toʻgʻrisidagi qonun loyihasi boʻyicha referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni maʼqullagandi.

 

83 senatordan 80 nafari qarorni qoʻllab-quvvatladi, 1 nafari betaraf qoldi, 2 nafari esa ovoz bermadi. 30-aprel kuni umumxalq referendumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Saylov byulletenida “Siz “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?” degan savol boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//