Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etish uchun 15—16-mart kunlari amaliy tashrif bilan Anqara shahrida boʻladi.
Prezident matbuot xizmatiga koʻra, navbatdan tashqari sammitning kun tartibiga muvofiq, favqulodda vaziyatlarni boshqarish va gumanitar yordam koʻrsatish borasida koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish istiqbollari koʻrib chiqiladi.
Bundan tashqari, sammit davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Tashrif davomida sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Taʼkidlash kerakki, joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi raislik qilmoqda. Samarqand sammitida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, savdo, “yashil” iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, logistika, fan, taʼlim va madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan 30 dan ortiq koʻp tomonlama tadbir amalga oshirilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q