Jahon
Joriy yil COVID-19 pandemiyasi yakunlanishi kutilmoqda. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus maʼlum qildi.
Uning fikriga koʻra, hozir dunyoda epidemiologik vaziyat nisbatan barqaror. Soʻnggi haftalarda kasallanish va oʻlim koʻrsatkichlari pandemiya boshlangan ilk kunlarga nisbatan sezilarli darajada kam.
“2023-yilning qaysidir nuqtasida biz COVID-19 pandemiyasini bekor qilishimizga ishonchim komil, — deydi Gebreyesus.
Shunga qaramay, hali xotirjamlikka berilishga biroz erta. Mutaxassislar xulosasiga koʻra, kelgusida koronavirusning yangi mutatsiyalari paydo boʻlib, pandemiyaning yangi toʻlqinini avj olmasligiga kafolat yoʻq.
“Shu bois barcha aholi qatlami, ayniqsa, xavf guruhiga mansub kishilar toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishlari kerak. Bu jamoaviy immunitetni kuchaytirish orqali kasallikni toʻlaqonli jilovlashda muhim”, — deyiladi Oʻzbekiston SSV tomonidan eʼlon qilingan xabarda.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110220
Jamiyat
94348
Jamiyat
90230
Jamiyat
73655
Jamiyat
//
Izoh yo‘q