
Jamiyat
AQSHning Nyu-York shahrida 2017-yil 31-oktabr kuni terakt amalga oshirib, 8 kishini oʻldirgan oʻzbekistonlik Sayfullo Soyipov 13-mart kuni AQSH federal sudi tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.
Prokuratura aybdor deb topilgan Soyipovga oʻlim jazosi talab qilgandi, ammo bunday hukm faqatgina jyuri aʼzolarining yakdil qarori bilan qabul qilinishi mumkin, AQSH federal sudida esa bunday qarorga kelinmadi.
Sayfulla Soyipov 1988-yil 8-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2005-yilda kasb-hunar kollejini tamomlagan, 2005−2009-yillarda Toshkent moliya institutida taʼlim olgan. OTMni tamomlaganidan soʻng poytaxtdagi “Sayohat” mehmonxonasida hisobchi boʻlib ishlagan.
U Qoʻshma Shtatlarga 2010-yilda grin-karta orqali borgan. 2017-yil 31-oktabrida u kichik yuk mashinasini ijaraga oladi va velosipedlar harakatlanadigan yoʻlakka bostirib kiradi. Uning qurboniga aylangan sakkiz kishi orasida Argentinadan kelgan besh kishi boʻlgan, yana 12 kishi tan jarohati olgan. Soyipovni uning qorniga oʻq uzgan politsiyachi toʻxtatadi.
Soyipov ISHID nomidan harakatlanganini tan olgan va oʻzini ushbu guruh “askari” deb atagan. (U AQSHga ketguniga qadar jinoiy javobgarlikka tortilmagan va huquqni muhofaza qilish organlari eʼtiboriga tushmagan).
U 2021-yil yanvar oyida bir necha qotillik va terrorizmda ayblanib, sud qilinadi. Prokuratura unga oʻlim jazosi soʻraydi.
Sud Jo Bayden prezidentligi davridagi prokurorlar oʻlim jazosi talab qilgan ilk federal sud jarayoni edi.
Bayden oʻlim jazosiga qarshi chiqadi, 2021-yil iyulida AQSH bosh prokurori Merrik Garland federal ishlar boʻyicha oʻlim jazosiga moratoriy eʼlon qiladi.
Prokurorlar oʻlim jazosi talab qilgani shuni anglatadiki, adliya vazirligi oʻlim jazosi qoʻllanishiga rozi boʻlishini anglatadi – ammo faqat terrorizm boʻyicha ishlarda.
Hakamlar Soyipovni aybdor deb topishadi, ammo Nyu-Yorkdagi qonunlarga koʻra u oʻlimga hukm etilishi uchun jyurining barcha 12 aʼzosi bunga qoʻshilishi talab etilardi – bunga esa erishilmadi. Nyu-York shtatida oliy jazo 1953-yildan beri qoʻllanmagan.
Sayfullo Soyipov umrining qolgan qismini Kolorado shtatidagi maksimal darajada qatʼiy rejimdagi ADX Florence federal qamoqxonasida oʻtkazadi. 2013-yil aprelida Boston marafonida portlashlar uyushtirishda ayblanib, oʻlimga hukm qilingan Johar Sarnayev ham shu qamoqxonada saqlanmoqda.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q