Oʻzbekiston shaxmat terma jamoasi Osiyoda eng yaxshisi deb eʼtirof etildi

Saqlash
09:03 / 14.03.2023 995 0

Abu-Dabi shahrida Osiyo shaxmat federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan Asian Chess Summit 2023 doirasida 5th Annual Asian Chess Excellence Awards taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi unda uchta nominatsiyada gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Bular:

 

1. Yilning eng yaxshi terma jamoasi (National Team of the Year) — Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida gʻolib chiqqani uchun.

 

2. Yilning eng yaxshi yoshlar terma jamoasi (National Youth Team of the Year) — 2022-yil Ozarboyjonda oʻtgan Butunjahon oʻsmirlar shaxmat olimpiadasida kumush medalni qoʻlga kiritgani uchun.

 

3. Yilning eng yaxshi Rapid oʻyinchisi (Rapid Player of the Year) — Nodirbek Abdusattorov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish