
Jamiyat
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan MCHJ rahbari hamda uning otasi, shuningdek, Qibray tumanidagi mahallalardan birining raisi oʻzaro kelishgan holda Ohangaron tumanida joylashgan mazkur MCHJga tegishli 270 gektar va unga tutash boʻlgan tuman hokimligi zaxirasidagi 150 gektar, jami 420 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 700 ming AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur 3 nafar fuqaro soʻralgan puldan 100 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ushlandi.
Jizzax viloyatining Forish tumanidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan MCHJ rahbari mazkur tumanda joylashgan boshqa 2 ta MCHJga qarashli 50 gektar yer maydonini goʻyoki oʻziga tegishli ekanligini aytib, xaridorga 60 ming AQSH dollariga sotishni rejalashtiradi.
Shuningdek, ushbu 50 gektar yerdan 30 sotixini viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi mutaxassisi yordamida noturar joy sifatida rasmiylashtirib berish evaziga qoʻshimcha 4 ming AQSH dollari soʻraydi.
DXX Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda MCHJ rahbari hamda viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi mutaxassisi xaridordan 64 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Andijon viloyatida qayd etilgan holatda Oltinkoʻl tumanida yashovchi 1991-yilda tugʻilgan fuqaro tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 144 kvadrat metr boʻsh yer maydonini aldov yoʻli bilan goʻyoki oʻziga tegishli ekanligini aytib, kadastr tizimida ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 38 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q