Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga keldi. Davlat rahbari avvalo buyuk alloma Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi.
Allohdan yurtimizga tinchlik, xayr-baraka tilab duo qilindi.
Ulamolar bilan boʻlgan suhbatda ilm-maʼrifat rivojiga yaratilayotgan sharoitlar va diniy erkinliklar haqida soʻz yuritildi. Keyingi yillarda musulmonlar ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi: yangi masjidlar, madrasalar qurildi, ilmiy-maʼrifiy majmualar barpo qilingani, har yili minglab yurtdoshlarimiz haj va umra ibodatlarini ado etish baxtiga musharraf boʻlishayotgani taʼkidlandi.
Endigi asosiy vazifa buning ahamiyati va maʼnaviyatini xalqqa yetkazish ekani taʼkidlandi. Eng avvalo imom-xatiblar hududlarga chiqib, Hakim va Imom Termiziylar, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Margʻiloniy, Abu Muin Nasafiy va boshqa buyuk allomalarimiz merosini tizimli va chuqur oʻrganishi kerakligi qayd etildi. Buning uchun alohida dastur ishlab chiqish taklifi bildirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q