Oʻzbekiston TIV rahbari Eron Prezidenti bilan uchrashdi

Saqlash
16:30 / 13.03.2023 1033 0

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasining Eron Islom Respublikasiga tashrifi nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

 

TIV maʼlumotiga koʻra, tashrif doirasida Oʻzbekiston vakillari Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy tomonidan qabul qilindi. Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Abdullahiyon, yoʻllar va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrposh, sanoat, konlar va savdo vaziri, Oʻzbekiston-Eron hukumatlararo komissiyasi hamraisi Rizo Fotemi-Amin bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

 

 

Muzokaralarda siyosat va diplomatiya, savdo va investitsiyalar, transport va logistika sohalarida Oʻzbekiston-Eron hamkorligini mustahkamlash istiqbollari koʻrib chiqildi. Tomonlar joriy yili oʻtkazilishi rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlarga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar. Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish yoʻlida Oʻzbekiston va Eronning transport-kommunikatsiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.

 

Tehronda Eronning yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirokida biznes-forum tashkil etilib, unda farmatsevtika, tibbiy asbob-uskunalar va qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo va toʻqimachilik sanoati, qishloq xoʻjaligi sohalarida qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

 

Tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xusrav Noziriy bilan ham uchrashuv oʻtkazdi. Muzokaralarda IHT makonida mintaqaviy hamkorlikning turli jihatlari koʻrib chiqildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//