Jamiyat
Pokistonning Xarian shahrida “Jamoaviy ruh” 6-xalqaro armiya oʻyinlarining final bosqichi oʻtkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Bahslar yakuniga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi qatorasiga uchinchi marta 1-oʻrinni egalladi. Keyingi oʻrinlarni Saudiya Arabistoni, Qozogʻiston va Tailand jamoalari band etdi.
Pokiston Qurolli kuchlari Quruqlikdagi qoʻshinlari qoʻmondoni general Asim Munir Oʻzbekiston jamoasi rahbari – Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi boshqarma boshligʻiga musobaqa bosh sovrini va mukofotlarni topshirgan.
“Oʻzbekiston terma jamoasi yana bir bor yuqori professionalizm va yuksak harbiy tayyorgarlikka ega ekanligini namoyish etdi. Armiya musobaqalarida Oʻzbekistonning doimiy ishtirok etib kelayotganidan biz juda xursandmiz”, – dedi general Asim Munir.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95106
Jamiyat
91334
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q